К основному содержимому

Mablag‘larni yechib olishda SMS-kod kelmasa nima qilish kerak?

Iltimos, quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling va keyin qaytadan urinib ko‘ring.

Mobil ilova

  • Agar qurilmangiz Android tizimida ishlasa, ilova keshini tozalang (Settings → Applications → All apps → App name → Storage → Clear cache) va keyin qurilmangizni qayta yuklang. Agar muammo hal etilmasa, ilovani mobil ilovalar do‘konidan o‘chirib tashlang va qaytadan o‘rnating.

  • Agar qurilmangiz iOS tizimida ishlasa, tarmoqqa ulanish nuqtasini o‘zgartirib ko‘ring (Wi-Fi tarmog‘iga yoki aksincha mobil internetga o‘ting). Agar muammo hal etilmasa, ilovani mobil ilovalar do‘konidan o‘chirib tashlang va qaytadan o‘rnating.

  • Amaliyotni veb-versiyada bajarib ko‘ring.


Mobil brauzer

  • Tarmoqqa ulanish nuqtasini o‘zgartirib ko‘ring (Wi-Fi tarmog‘iga yoki aksincha mobil internetga o‘ting).

  • Qurilmangizni qayta yuklang.

  • Brauzer tarixi va keshini tozalashni amalga oshiring.

  • Brauzeringizda maxfiy (inkognito) rejimdan foydalaning.


Kompyuter versiyasi

  • Internet brauzeringiz sozlamalarida kesh/fayllarni (cookies) tozalang va platforma sahifasini yangilang. Keshni qanday tozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarni ushbu maqolada ko‘rishingiz mumkin.

  • Antivirus / fayrvoll (firewall) yoki boshqa har qanday xavfsizlik dasturlarini vaqtincha faolsizlantiring. Shundan so‘ng, platforma sahifasini yangilang.

  • Muqobil brauzerdan foydalanib ko‘ring (masalan, Mozilla Firefox).

  • Brauzeringizda maxfiy (inkognito) rejimdan foydalaning.


Qurilma sozlamalari

  • Qurilmangizdagi SMS qabul qilish sozlamalarini tekshiring.

  • Muayyan xabar yuboruvchilardan SMS qabul qilishga taqiq qo‘yilmaganligini tekshiring (to‘g‘ri sozlamalar va cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni aloqa operatoringizdan aniqlashtirishingiz mumkin).

  • Matnli xabarlar (SMS) uchun xotirada yetarli joy borligiga ishonch hosil qiling.

  • Telefonni o‘chiring, SIM-kartani chiqarib oling, uni qayta joylashtiring, telefonni yoqing va qaytadan urinib ko‘ring.

Нашли ответ на свой вопрос?