К основному содержимому

Kompyuterda internet brauzerining kesh va kukilarini qanday tozalash mumkin?

Kesh deb tashrif buyurilgan internet sahifalari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi jildga aytiladi va u sahifalarning qayta ochilishini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Biroq eskirgan ma’lumotlar saytning yangilangan talqini bilan ziddiyatlarga olib kelishi mumkin va bu turli xatoliklarga sabab bo‘ladi. Shuning uchun keshni vaqti-vaqti bilan tozalab turish tavsiya etiladi.

Keshni tozalash uchun foydalanayotgan internet brauzeringizni tanlang va ko‘rsatmalarga amal qiling.


Google Chrome

  1. Kompyuteringizda Chrome brauzerini ishga tushiring.

  2. Ekranning o‘ng yuqori burchagidagi uchta nuqta belgisini bosing.

  3. "Tarix" keyin yana "Tarix" bandini tanlang, bu sizga ko‘rish tarixi oynasini ochadi (yoki klaviaturada to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ctrl + H tugmalarini bosishingiz mumkin).

  4. Chap yuqori burchakda "Tarixni tozalash" tugmasini bosing. Ochilgan oynada kuki-fayllar, keshdagi rasmlar va fayllar bo‘limlariga belgi qo‘ying va "Ma’lumotlarni o‘chirish" tugmasini bosing.


Mozilla Firefox

  1. Kompyuteringizda Mozilla Firefox brauzerini ishga tushiring.

  2. Menyu tugmasini (uchta chiziq) bosing va "Sozlamalar" bo‘limini tanlang.

  3. "Maxfiylik va xavfsizlik" panelini tanlang.

  4. "Tarix" bo‘limiga tushib, "Tarixni o‘chirish..." tugmasini bosing, kerakli elementlarni belgilang va tasdiqlang.


Yandex Browser

  1. Kompyuteringizda Yandex brauzerini ishga tushiring.

  2. Menyu ustiga bosing, keyin "Qo‘shimcha" va "Tarixni tozalash" tugmalarini tanlang.

  3. Ochilgan oynada keshni o‘chirish kerak bo‘lgan vaqt oralig‘ini belgilang.

  4. "Keshga saqlangan fayllar" va "Kuki-fayllar" variantlarini yoqing.

  5. "Tarixni tozalash" tugmasini bosing.


Microsoft Edge

  1. Menyu belgisini (uchta nuqta) bosing va "Sozlamalar" bo‘limiga o‘ting.

  2. "Maxfiylik, qidiruv va xizmatlar" bo‘limida "Veb-sahifa ko‘rish ma’lumotlarini o‘chirish" qatorini toping va "O‘chirish uchun elementlarni tanlash" tugmasini bosing.

  3. Keshdagi tasvirlar, fayllar hamda kuki-fayllarni belgilab, "Hozir tozalash" tugmasini bosing.


Opera

  1. Operani oching va klaviaturada Ctrl + Shift + Del tugmalarini bir vaqtda bosing.

  2. "Ko‘rish tarixini tozalash" oynasida ma’lumotlarni o‘chirish kerak bo‘lgan vaqt oralig‘ini belgilang.

  3. "Keshdagi tasvirlar va fayllar" hamda "Kuki va saytlarning boshqa ma’lumotlari" variantlari yoqilganiga ishonch hosil qiling. Keyin "Ma’lumotlarni o‘chirish" tugmasini bosing.


Safari

  1. Brauzer menyusidan Safari, keyin Sozlamalar va "Kengaytirilgan" yorlig‘ini tanlang.

  2. Oynaning eng pastki qismida joylashgan "Yaratish (Develop) menyusini menyu satrida ko‘rsatish" funksiyasini yoqing.

  3. Endi brauzerning yuqori asosiy menyu satrida paydo bo‘lgan "Yaratish" (Develop) bo‘limiga kiring va "Keshni tozalash" (Empty Caches) bandini tanlang.

Нашли ответ на свой вопрос?