Platformaning noto‘g‘ri ishlashiga mahalliy sabablar ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin. Iltimos, quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
Veb talqindagi xatoliklar:
Internet brauzeringiz sozlamalaridan kesh/kukilarini tozalang va platforma sahifasini yangilang.
Agar antivirus, fayrvoll yoki boshqa xavfsizlik dasturlari o‘rnatilgan bo‘lsa, ularni o‘chirib qo‘ying. Shundan so‘ng platforma sahifasini yangilang.
Platforma boshqa internet brauzerida (masalan, Mozilla Firefox) ishlayotganini tekshirib ko‘ring.
Mobil ilovadagi xatoliklar:
Qurilmadagi keshni tozalang yoki ilovani qaytadan o‘rnating.
Internetga ulanish nuqtasini o‘zgartiring (agar mobil internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, Wi-Fi tarmog‘iga o‘ting).
Bitimlarni zudlik bilan yopishim kerak bo‘lsa-yu, muammoni hal qilib bo‘lmasa nima qilish kerak?
Agar sizda ochiq pozitsiyalar bo‘lsa va platformadagi nosozlik tufayli ularni yopa olmayotgan bo‘lsangiz, iltimos, biz bilan +44 7700 174755 telefon raqami orqali bog‘laning.
Buning uchun hisob raqamingizni va emailingizni (foydalanuvchi nomini) taqdim etishingiz kerak bo‘ladi. Mutaxassislar hisobingizda nima sodir bo‘layotganini aniqlashga yordam berishadi va zarurat tug‘ilsa, pozitsiyalaringizni yopib berishadi.
Agar platforma to‘g‘ri ishlamayotgan bo‘lsa va qo‘ng‘iroq qilish imkoni bo‘lmasa nima qilish kerak?
Iltimos, [email protected] elektron pochtasiga xat yuboring va unda quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsating:
Agar platformaning veb talqinidan foydalanayotgan bo‘lsangiz:
Muammo yuzaga kelgan sana va vaqtni o‘z ichiga olgan batafsil tavsif bilan birga skrinshot yoki video taqdim eting.
Platforma boshqa brauzerlarda ishlayotganini tekshiring. Agar ishlayotgan bo‘lsa, aynan qaysi brauzerlar ekanligini ko‘rsating.
Muammo yuzaga kelgan sahifaga o‘ting va dasturchi konsolini ochish uchun klaviaturadagi F12 tugmasini bosing. "Console" rukniga o‘tib, siz duch kelgan xatolik va ushbu rukn tarkibi ko‘ringan skrinshotni oling. Keyin "Network" rukniga o‘tib, xuddi shunday skrinshot oling. Ushbu skrinshotlarni so‘rovingizga ilova qiling.
Agar mobil ilovadan foydalanayotgan bo‘lsangiz:
Muammo yuzaga kelgan sana va vaqtni o‘z ichiga olgan batafsil tavsif bilan birga skrinshot yoki video taqdim eting.
Internetga ulanish nuqtasini o‘zgartirishga va ilovani qayta o‘rnatishga urinib ko‘rganingizga aniqlik kiriting.
Mobil qurilmangiz turini, operatsion tizim talqinini va o‘rnatilgan ilovaning talqinini ko‘rsating.
