Umumiy tavsiyalar
Spam papkasini tekshiring. Qo‘shimcha xat filtrlari yoqilgan bo‘lsa, kiruvchi xatlar Spam yoki boshqa papkalarga tushib qolishi mumkin.
Yangiliklar va xabarnomalarimizga obuna bo‘lganingizni tekshiring. Agar obunani bekor qilgan bo‘lsangiz, keyingi yordam uchun bizning Qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning.
Agar xatni hali ham topa olmayotgan bo‘lsangiz, iltimos, qurilmangizga qarab quyidagi bosqichlarni bajarishga urinib ko‘ring:
Kompyuter talqini
Internet brauzeringiz sozlamalarida kesh va kukilarni tozalang hamda platforma sahifasini yangilang.
Antivirus/fayrvoll yoki boshqa har qanday xavfsizlik dasturlarini vaqtincha o‘chirib turing. Shundan so‘ng, sahifani yangilang.
Platformadan muqobil internet brauzerida (masalan, Mozilla Firefox) foydalanib ko‘ring.
Brauzeringizda maxfiy rejimdan foydalanib ko‘ring.
Mobil ilova
Agar qurilmangiz Android tizimida ishlasa: ilova keshini tozalang (Sozlamalar → Ilovalar → Barcha ilovalar → Ilova nomi → Xotira → Keshni tozalash), so‘ngra qurilmangizni qayta yoqing.
Agar qurilmangiz iOS tizimida ishlasa: tarmoq ulanishini o‘zgartirib ko‘ring (Wi-Fi tarmog‘iga yoki aksincha, mobil internetga o‘ting).
Veb-versiyadan foydalanib ko‘ring.
Mobil brauzer
Tarmoq ulanishini o‘zgartirib ko‘ring (Wi-Fi tarmog‘iga yoki aksincha, mobil internetga o‘ting).
Qurilmangizni qayta yoqing.
Brauzeringiz tarixi ni tozalang.
Brauzeringizda maxfiy rejimdan foydalanib ko‘ring.
Agar barcha tavsiyalarga amal qilgan bo‘lsangiz-u, lekin baribir xat kelmagan bo‘lsa, iltimos, bizning Qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning.
