Ko‘p hollarda hisobni to‘ldirish hech qanday muammosiz yakunlanadi. Biroq, agar mablag‘laringiz hisobingizga kelib tushmagan bo‘lsa, iltimos, quyidagi amallarni bajaring:
1-qadam: Karta orqali o‘tkazmadan foydalandingizmi?
Agar siz "Karta orqali o‘tkazmalar" P2P usulidan foydalangan bo‘lsangiz, to‘lov kvitansiyasini yuborganingizga ishonch hosil qiling. Uni bizning Qo‘llab-quvvatlash jamoamizga yuborishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu usul orqali amalga oshirilgan to‘lovlar, ayniqsa ish vaqtidan tashqari soatlarda ko‘proq vaqt talab qilishi mumkinligini hisobga oling. Shunday ekan, tranzaksiya boshlanganidan beri yetarli vaqt o‘tganligiga ishonch hosil qiling.
2-qadam: Mablag‘lar yozib olindimi?
Mablag‘lar kartangiz, hisobingiz yoki hamyoningizdan yozib olinganligini tekshiring. Agar mablag‘lar yozib olingan bo‘lmasa, to‘lov katta ehtimol bilan bank yoki boshqa to‘lov xizmati provayderi tomonidan bekor qilingan yoki hisobda yetarli mablag‘ bo‘mganligi sababli amalga oshmagan.
3-qadam: Hamon yordam kerakmi?
Agar mablag‘lar kartangiz, hisobingiz yoki hamyoningizdan yozib olingan bo‘lsa-da, lekin savdo hisobingizga kelib tushmagan bo‘lsa, yoki kiritilgan depozit Libertex shaxsiy kabinetingizda yoxud MetaTrader savdo terminalida ko‘rinmayotgan bo‘lsa, iltimos, bizning Qo‘llab-quvvatlash jamoamizga murojaat qiling. Elektron xat yuborayotganda, albatta savdo hisobingizga bog‘langan elektron pochta manzilidan foydalaning. Elektron xatingizga quyidagi batafsil to‘lov ma’lumotlarini ilova qiling:
To‘lov usuli;
To‘lov tafsilotlari ko‘rsatilgan to‘lov kvitansiyasi;
Depozit kiritilgan karta yoki hisob raqami;
To‘ldirmoqchi bo‘lgan savdo hisob raqami;
To‘liq ism familiyangiz, tranzaksiya sanasi va summasi.
Qo‘llab-quvvatlash jamoamiz sizga imkon qadar tezroq yordam berishdan mamnun bo‘lishadi. Odatda bunday so‘rovlar bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
