Kamdan kam hollarda, bank kartasi yordamida savdo hisobingizga depozit kiritayotganingizda, bankingiz kartaning to‘liq yoki qisman bloklangani haqida sizni ogohlantirishi mumkin. Ushbu vaziyat mutlaqo bankingizning ixtiyoriga ko‘ra yuzaga eladi va sizning xavfsizligingizni ta’minlashga qaratilgan.
Odatda, bu kartangizdagi g‘ayrioddiy faollik tufayli sodir bo‘ladi, masalan:
Tez-tez bir xil turdagi tranzaksiyalarni amalga oshirib kelib (masalan, oziq-ovqat do‘konlaridagi xaridlar), to‘satdan bizning xizmatlarimiz bilan bog‘liq onlayn xaridni amalga oshirganda.
Bu sizning birinchi onlayn xaridingiz bo‘lsa yoki odatdagi tranzaksiyalaringizdan sezilarli darajada farq qiladigan xizmat ko‘rsatuvchi provayder bilan bog‘liq birinchi xarid bo‘lganda.
Bunday hollarda bankingiz ushbu operatsiyani shubhali deb belgilashi va kartangizni ehtimoliy firgarlikdan himoya qilish uchun chora ko‘rishi mumkin. Boshqacha aytganda, barcha yirik banklarda karta begona shaxslar qo‘liga tushib qolganini aniqlashga mo‘ljallangan xavfsizlik tizimlari mavlud. Muayyan tranzaksiyalar bankning xavfsizlik bo‘limida shubha uyg‘otishi mumkin.
Ushbu protsedura moliyaviy tashkilotlar uchun standart hisoblanadi. Shunga o‘xshash vaziyatlar har qanday to‘lov yoki o‘tkazmada, masalan, onlayn xaridlar qilishda yoki xizmatlar uchun bank kartasi bilan to‘lov qilishda ham sodir bo‘lishi mumkin.
Bankingiz tomonidan qo‘yilgan ushbu cheklov tranzaksiyangiz taqiqlanganligini anglatmaydi. Bu shunchaki vaziyatga oydinlik kiritish uchun bank bilan bog‘lanishingiz kerakligini bildiradi. Bank vakili tranzaksiya haqiqatan ham siz tomoningizdan amalga oshirilganini tekshiradi va kartadagi cheklovlar olib tashlanadi.
Agar bankingizda biz yordam bera oladigan biror bir savol tug‘ilsa, iltimos, bizning Qo‘llab-quvvatlash jamoamizga murojaat qiling.
