Ko‘p hollarda hisobni to‘ldirish hech qanday muammosiz amalga oshiriladi. Biroq, agar biron bir qiyinchilikka duch kelsangiz, iltimos, bizning Qo‘llab quvvatlash jamoamizga murojaat qiling. Elektron xat yuborayotganda, hisobingizga bog‘langan elektron pochta manzilidan foydalaning.
Elektron xatingizda to‘lov haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etishingizni so‘raymiz, masalan:
To‘lov usuli;
Mablag‘ yuborilgan karta yoki hisob raqami;
Depozit kiritilayotgan savdo hisob raqami;
To‘liq ism familiyangiz, to‘lov sanasi va summasi.
Mutaxassislarimiz sizga imkon qadar tezroq yordam berishdan mamnun bo‘lishadi. Odatda bunday so‘rovlar bir ish kuni ichida hal qilinadi.
