"Karta orqali o‘tkazmalar" P2P to‘lov usuli, bu sizning hududingizda cheklovlarga duch kelishi mumkin bo‘lgan an’anaviy to‘lov xizmatlariga samarali muqobildir.
Hisobingizni to‘ldirish uchun savdo platformasiga foydalanuvchi nomi va parolingiz bilan kiring. Tizimga kirgach, quyidagi amallarni bajaring:
Mobil ilovada:
1. "Hamyon" bo‘limiga o‘ting va "Depozit kiritish" tugmasini bosing.
2. Mablag‘ kiritmoqchi bo‘lgan hisobingizni tanlang.
3. To‘lov usuli sifatida "Karta orqali o‘tkazmalar" bandini tanlang.
4. Miqdorni ko‘rsating va "Depozit" tugmasini bosing. Siz to‘lov tizimining veb saytiga yo‘naltirilasiz.
Kompyuter talqini:
1. Sahifaning yuqori qismidagi "Depozit kiritish" tugmasini bosing.
2. Mablag‘ kiritmoqchi bo‘lgan hisobingizni tanlang, to‘lov usuli sifatida "Karta orqali o‘tkazmalar" bandini belgilang va miqdorni ko‘rsating.
3. "Depozit" tugmasini bosing. Siz to‘lov tizimining veb sahifasiga yo‘naltirilasiz.
To‘lov tizimi sahifasiga yo‘naltirilgandan so‘ng nima qilish kerak?
1. O‘zingizga mos keladigan to‘lov tizimini tanlang. Shuni yodda tutingki, mavjud variantlar ro‘yxati to‘lov xizmati provayderlarining joriy imkoniyatlariga qarab farq qilishi mumkin.
2. Sahifada o‘tkazma uchun zarur bo‘lgan to‘lov rekvizitlari (karta raqami va karta egasining ismi) ko‘rsatiladi. Zarurat tug‘ilsa, to‘lov kartangizning oxirgi 4 ta raqamini kiriting.
3. Tanlangan to‘lov tizimidan (masalan, bank ilovangizdan) va taqdim etilgan rekvizitlardan foydalanib o‘tkazmani yakunlang. Quyidagilarga mutlaqo ishonch hosil qiling:
O‘tkazilayotgan mablag‘ miqdori avvalroq savdo platformasida ko‘rsatilgan depozit miqdoriga aniq mos kelishi kerak.
Muvaffaqiyatli o‘tkazmani tasdiqlovchi kvitansiya faylini yoki skrinshotini saqlab qo‘ying.
4. To‘lov tizimi sahifasiga qayting, saqlangan kvitansiya yoki skrinshotni biriktiring va "Payment completed" ("To'lov tugallandi") tugmasini bosing. Tasdiqlangandan so‘ng, "Payment is being processed" ("To'lov qayta ishlanmoqda") xabari paydo bo‘bali. Platformadan foydalanishda davom etish uchun "Return to site" ("Saytga qaytish") tugmasini bosishingiz mumkin.
5. To‘lovni qayta ishlash bir necha daqiqa vaqt olishi mumkin. Amaliyot yakunlangach, mablag‘lar savdo hisobingizga o‘tkaziladi.
Muhim ma’lumotlar:
To‘lovlar provayder tomonidan ish kunlarida GMT vaqti bilan soat 05:00 dan 17:00 gacha qayta ishlanadi.
To‘lovlar soniga hech qanday cheklov yo‘q.
Valyuta ayriboshlash mablag‘ hisobga tushgan vaqtdagi Kompaniyaning ichki kursi (ariza topshirilgan vaqtdagi dastlabki kurs) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Boshqa hamyonlardan va to‘lov tizimlarining kartalaridan o‘tkazmalar amalga oshirish taqiqlanadi. Bunday karta yoki hamyonlardan yuborilgan to‘lovlarni qaytarish bilan bog‘liq barcha xavflar va xarajatlar uchun mijoz to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Agar siz o‘tkazmani amalga oshirgan bo‘lsangiz-u, lekin "Payment completed" ("To'lov tugallandi") tugmasini bosmagan bo‘lsangiz yoki "Cancel" ("Bekor qilish") tugmasini bosgan bo‘lsangiz, iltimos, bizning Qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning.
Mablag‘lar hisobga tezroq tushishi uchun tranzaksiya yakunlangandan so‘ng to‘lov tizimi tomonida to‘lov kvitansiyangizni biriktirishni tavsiya qilamiz.
Iltimos, hisobingizni avvalroq taqdim etilgan to‘lov rekvizitlaridan foydalanib qayta to‘ldirmang. Bu depozitingiz yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Keyingi safar depozit kiritish uchun siz yangi ariza yaratishingiz kerak.








