"Telegram orqali UZCARD yoki HUMO kartasi" P2P to‘lov usuli, bu sizning hududingizda cheklovlarga duch kelishi mumkin bo‘lgan an’anaviy to‘lov xizmatlariga samarali muqobildir.
Hisobingizni to‘ldirish uchun savdo platformasiga foydalanuvchi nomi va parolingiz bilan kiring. Tizimga kirgach, quyidagi amallarni bajaring:
Mobil ilovada:
1. "Hamyon" bo‘limiga o‘ting va "Depozit kiritish" tugmasini bosing.
2. Mablag‘ kiritmoqchi bo‘lgan hisobingizni tanlang.
3. To‘lov usuli sifatida "Telegram orqali UZCARD yoki HUMO kartasi" bandini tanlang.
4. Miqdorni ko‘rsating va "Depozit" tugmasini bosing.
5. Siz avtomatik ravishayda Telegram botga yo‘naltirilasiz. Bank ilovangiz orqali o‘tkazmani yakunlashingiz uchun bot sizga to‘lov rekvizitlarini (karta raqami, F.I.Sh. va bank nomi) taqdim etadi.
Kompyuter talqini:
1. Sahifaning yuqori qismidagi "Depozit kiritish" tugmasini bosing.
2. Mablag‘ kiritmoqchi bo‘lgan hisobingizni tanlang, to‘lov usuli sifatida "Telegram orqali UZCARD yoki HUMO kartasi" bandini belgilang va miqdorni ko‘rsating.
3. "Depozit" tugmasini bosing.
4. Siz avtomatik ravishayda Telegram botga yo‘naltirilasiz. Bank ilovangiz orqali o‘tkazmani yakunlashingiz uchun bot sizga to‘lov rekvizitlarini (karta raqami, F.I.Sh. va bank nomi) taqdim etadi.
Mablag‘lar kelib tushmasa nima qilish kerak?
Agar mablag‘ hisobingizga kelib tushmagan bo‘lsa, iltimos, bizning Qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning va quyidagilar aniq ko‘ringan raqamli to‘lov kvitansiyasini taqdim eting:
Jo‘natuvchining to‘liq ismi (F.I.Sh.) va karta raqami.
Qabul qiluvchining to‘liq ismi (F.I.Sh.) va karta raqami.
To‘lovning aniq sanasi va miqdori.
To‘lov muvaffaqiyatli bajarilgani yoki yakunlangani haqidagi holat (status).
Komissiya to‘lovi (agar mavjud bo‘lsa).
Agar kvitansiyangizda to‘lov muvaffaqiyatsiz yakunlangani ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki ushbu ma’lumotlardan birortasi yetishmayotgan bo‘lsa, depozitingizni qayta ishlash uchun sizdan to‘g‘rilangan variantni talab qilishimiz mumkin.







