Muhim makroiqtisodiy ma’lumotlar e’lon qilinishi paytida spredning kengayishi kuzatilishi mumkin. Bunday voqealar odatda bozorda volatillikning oshishiga olib keladi, shu sababli ham yangiliklar e’lon qilinishidan 5 dan 10 minutgacha oldin hamda yangilikning o‘zi chiqayotgan vaqtda spredning sezilarli darajada kengayishi yuz berishi mumkin.
Muayyan instrumentlardagi ehtimoliy narx tebranishlarini oldindan bilish uchun kutilayotgan muhim voqealarni kuzatishga yordam beradigan Iqtisodiy hodisalar kalendariga murojaat qilishingiz mumkin.
