К основному содержимому

Savdo miqdorini qanday oshirish mumkin?

Savdo miqdorini oshirish savdoni majburiy yopilishdan himoya qilishni istaganingizda foydali bo‘lishi mumkin. Savdoni qo‘llab quvvatlash uchun bo‘sh mablag‘larni ajratish orqali siz o‘rtacha tortilgan ochilish narxini moslashtirib, uning barqarorligini oshirasiz. Ochilish narxining qayta hisoblanishi majburiy yopilish darajasining ham qayta hisoblanishini anglatadi va bu daraja xavfsizroq masofaga uzoqlashadi.


Kompyuter talqini

Faol bitimni tanlang va "Bitim summasini oshirish" variantini tanlang. Buni ikki xil usulda amalga oshirishingiz mumkin:

Mobil ilova

"Savdo bitimlari" bo‘limiga o‘ting, kerakli faol savdo ostidagi uchta nuqta tugmasini bosing va "Summari oshirish" bandini tanlang.


Muhim tafsilotlar

  • Minimal oshirish miqdori minimal savdo miqdoriga teng bo‘ladi. Instrumentlar uchun minimal savdo miqdorlarini Instrument spetsifikatsiyalari bo‘limidan tekshirishingiz mumkin.

  • Savdo miqdorini oshirish uchun olinadigan komissiya xuddi shu instrument uchun yangi savdo ochishdagi komissiyaga, jumladan spredga teng bo‘ladi. Komissiyalar Instrument spetsifikatsiyalari bo‘yicha undiriladi.

  • Savdo miqdorini oshirishda dastlabki multiplikatordan foydalaniladi. Agar tegishli multiplikator mavjud bo‘lmasa (masalan, muhim yangiliklar chiqishi paytida), instrument uchun dastlabki multiplikator qayta faollashguncha yoki multiplikator ruxsat etilgan qiymatga o‘zgartirilguncha oshirish jarayoni bajarilmaydi. Ochilgan savdoda multiplikatorni qanday o‘zgartirish haqida batafsil ma’lumotni bu yerda o‘qishingiz mumkin.

  • Savdo miqdori oshirilgan paytdan boshlab svop komissiyasi yangi savdo hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.

  • Savdo miqdori quyidagi formula bo‘yicha oshadi:

    <a href="https://lh5.googleusercontent.com/xRF_mgvFXvMxfUjn54NVBsSq1O46uMK-i-IgOflLLS8SECud3n0w36wC_ql780y1t-9Xuqn27x1yrnOmSVPPRS0-AvEY-4Ii8DiJhulFkBSt6cVhT93yHUx7sKbgnYvjtpSaXjFO" target="_blank" rel="nofollow noopener noreferrer">https://lh5.googleusercontent.com/xRF_mgvFXvMxfUjn54NVBsSq1O46uMK-i-IgOflLLS8SECud3n0w36wC_ql780y1t-9Xuqn27x1yrnOmSVPPRS0-AvEY-4Ii8DiJhulFkBSt6cVhT93yHUx7sKbgnYvjtpSaXjFO</a>

    NewInv – oshirish jarayonidan keyingi yangi savdo miqdori.

    Inv(0) – dastlabki savdo miqdori.

    Inv – oshirilgan miqdor.

  • Savdoning ochilish narxi o‘zgaradi va dastlabki ochilish narxi hamda oshirish vaqtidagi instrument narxining o‘rtacha tortilgan qiymatiga teng bo‘ladi:

    <a href="https://lh3.googleusercontent.com/FBGmIqZ3rR4jqUwElKl78AoP30fAEGrQ38LHp2iAcfF1H5uHQOonbZMF0yWCJpU7FoutlYZjZsMBaZ1xwn7zOzBBOnppaMh6v4GE_4YVbtMVR5iI64hJIDqeTtxRC1CSTg-kKFB1" target="_blank" rel="nofollow noopener noreferrer">https://lh3.googleusercontent.com/FBGmIqZ3rR4jqUwElKl78AoP30fAEGrQ38LHp2iAcfF1H5uHQOonbZMF0yWCJpU7FoutlYZjZsMBaZ1xwn7zOzBBOnppaMh6v4GE_4YVbtMVR5iI64hJIDqeTtxRC1CSTg-kKFB1</a>

    NewPrice – savdo miqdori oshirilgandan keyingi savdoning yangi ochilish narxi.
    Inv(0) – dastlabki savdo miqdori.
    Price(0) – dastlabki savdoning ochilish narxi.
    Inv – oshirilgan miqdor.
    Price – savdo miqdori oshirilayotgan vaqtdagi instrument narxi.

Нашли ответ на свой вопрос?