Laboratoriya deb vaqtni tejash va savdo jarayonini osonlashtirish uchun tayyor yechimlarni taklif etadigan terminalning maxsus bo‘limiga aytiladi. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Sun’iy intellektdan savdo g’oyalari: qo‘shimcha harakatlarsiz darhol ochish mumkin bo‘lgan tayyor sozlamalarga ega bitimlar.
Iqtisodiy hodisalar kalendari: muayyan vositalar narxiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kutilayotgan voqealarni kuzatish vositasi.
Haftalik daydjest: haftaning eng muhim voqealari va vositalarining qisqacha sharhi.
Laboratoriya bo‘limini qanday topish mumkin?
Kompyuter talqinida
Siz "Laboratoriya" belgisini yuqori navigatsiya panelidan topishingiz mumkin. Agar "Laboratoriya" belgisi ko‘rinmasa, qidiruv satri yaqinidagi uchta nuqta belgisini bosing va ochilgan menyudan "Laboratoriya" bandini tanlang.
Mobil ilovada
Libertex mobil ilovasining joriy talqinida "Laboratoriya" bo‘limi "Kashf etish" bo‘limiga o‘zgartirilgan. Ushbu bo‘lim Laboratoriyaning barcha funksiyalarini hamda treyderlar uchun boshqa foydali vositalarni o‘z ichiga oladi.
Uni topish uchun pastki navigatsiya panelidagi "Kashf etish" belgisini bosing.


