Iltimos, e’tibor bering: O‘zbek tili faqat MT5 terminalining ish stoli (desktop) talqinida mavjud. U MT5 mobil ilovasida hamda MT4 terminalining ish stoli va mobil talqinlarida ko‘zda tutilmagan. Shuning uchun, ruscha interfeysdan foydalanishni tavsiya etamiz.
MetaTrader terminallaridagi bonus mablag‘lari "Kredit" / "Кредит" maydonida aks etadi.
Agar siz kompyuter talqinidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, ushbu maydonni ekranning pastki qismidagi MT5 uchun "Asbob-uskunalar" / "Инструменты" paneli yoki MT4 uchun "Терминал" paneli ichidagi, aniqrog‘i "Savdo" / "Торговля" yorlig‘idan topishingiz mumkin. Agar ushbu panellar yashiringan bo‘lsa, ularni ko‘rsatish uchun Ctrl + T tugmalarini bosing.
Agar siz MT4 yoki MT5 mobil ilovalaridan foydalanayotgan bo‘lsangiz, "Кредит" maydonini ko‘rish uchun shunchaki sahifaning pastki qismidagi "Торговля" yorlig‘ini tanlang.
Muhim! Agar savdo hisobida bonus mablag'lari bo'lmasa, MetaTrader-da "Kredit" / "Кредит" maydoni ko'rsatilmaydi.


