К основному содержимому

MetaTrader terminali uchun investor parolini qanday olish va o‘zgartirish mumkin?

MetaTrader terminalida savdo hisobi ochilganda, sizga hisobning asosiy paroli ("master parol") va investor paroli taqdim etiladi.


Investor paroli nima va u nima uchun kerak?

Faraz qilaylik, siz do‘stingizga MetaTrader hisobingizni erkin kuzatib borish imkoniyatini bermoqchisiz, biroq u hisobda biron-bir boshqa amalni bajara olmasligi kerak. Bunday vaziyatda kuzatuvchiga kirish huquqini taqdim etishda investor paroli yordam beradi.

Siz kuzatuvchiga savdo hisobingiz raqamini, server nomini hamda investor parolini berishingiz mumkin. Kuzatuvchi ushbu ma’lumotlar yordamida savdo terminaliga kirganidan so‘ng, hisobingizdagi ko‘rsatkichlarni ko‘ra oladi, biroq unda biron-bir operatsiyani bajara olmaydi.


Investor parolini qanday o‘zgartirish mumkin?

Agar siz investor parolingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz yoki eski parolingizni unutganingiz uchun yangi parol o‘rnatishingiz kerak bo‘lsa, quyidagi amallarni bajaring:

Iltimos, e’tibor bering:

  • Investor paroli MetaTrader terminalida ko‘rsatilgan talablarga mutloq javob berishi kerak: kamida 8 ta belgidan iborat bo‘lib, kichik va bosh harflar, raqamlar hamda maxsus belgilarni o‘z ichiga olishi lozim.

  • O‘zbek tili faqat MT5 terminalining ish stoli talqinida mavjud. U MT5 mobil ilovasida hamda MT4 terminalining ish stoli va mobil talqinlarida ko‘zda tutilmagan. Shuning uchun, ruscha interfeysdan foydalanishni tavsiya etamiz.

Kompyuter

1. MetaTrader terminalini oching hamda login, parol va server ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda hisobingizga ulaning.

2. Yuqori chap burchakdagi "Сервис" / "Asboblar" va keyin "Настройки" / "Sozlamalar" tugmasini bosing.

3. "Сервер" / "Server" ichki varag‘ida, parol maydoni ro‘parasidagi "Изменить" / "O‘zgartirish" tugmasini bosing.

4. Amaldagi master parolingizni kiriting.

5. "Заменить пароль инвестора (только для чтения)" / "Investor (faqat o‘qish uchun mumkin) parolini o‘zgartirish" bandini tanlang.

6. "Новый пароль" / "Yangi parol" oynasida yangi parolni ko‘rsating va uni "Подтверждение" / "Tasdiqlash" oynasiga qaytadan kiriting. Keyin "ОК" tugmasini bosing.

Mobil ilova

1. Mobil qurilmangizda MetaTrader terminalini oching.

2. Login, parol va server ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda hisobingizga ulaning.

3. Yuqori chap burchakdagi uchta gorizontal chiziqcha ko‘rinishidagi menyu tugmasini bosing.

4. Eng yuqori qismda joylashgan ko‘k rangli "Управление счетами" (Hisoblarni boshqarish) tugmasini bosing.

5. Paydo bo‘lgan oynaning yuqori o‘ng burchagidagi uchta vertikal nuqta ko‘rinishidagi tugmani bosing va "Изменить инвесторский пароль" (Investor parolini o‘zgartirish) bandini tanlang.

6. Amaldagi parolingizni kiriting.

7. Yangi parolni ikki marta ko‘rsating va "Готово" (Tayyor) tugmasini bosing.

Нашли ответ на свой вопрос?