MetaTrader terminallaridagi real mablag‘lar "Balans" / "Баланс" maydonida aks etadi.
MetaTrader terminallaridagi bonus mablag‘lari esa "Kredit" / "Кредит" maydonida ko‘rsatiladi (batafsil ma’lumotlar ushbu maqolada).
"Kredit" / "Кредит" maydonida ko‘rsatilgan bonus mablag‘laridan savdo qilish uchun foydalanish mumkin, biroq ularni yechib olib bo‘lmaydi.
Savdoda bonuslardan qanday foydalaniladi?
Quyidagi qoidalar ushbu hisoblarga nisbatan amal qiladi:
2024-yil 8-avgustda yoki undan keyin ochilgan MT4 hisoblari (Market yoki Instant)
2025-yil 5-iyunda yoki undan keyin ochilgan MT5 hisoblari (Market yoki Instant)
1. Zararlar faqat real mablag‘lar miqdori bilan cheklanadi
Savdo zarari real mablag‘lardan oshib keta olmaydi ("Balans" / "Баланс" maydoni), ya’ni zarar hisobdagi real mablag‘lar miqdoridan katta bo‘lishi mumkin emas.
"Kredit" / "Кредит" maydonidagi bonuslar o‘tkinchi zararni (ko‘rsatkichlarning eng yuqori nuqtadan eng past nuqtagacha pasayishini) qoplash uchun ishlatilmaydi.
2. Agar hisobda ochiq bitimlar mavjud bo‘lsa va bitimlar bo‘yicha zarar real mablag‘larga teng yoki undan ko‘p bo‘lsa
"Kredit" / "Кредит" maydonidagi bonus mablag‘lari (hatto ular marjada ishlatilayotgan bo‘lsa ham) bonus hisobiga o‘tkaziladi.
Barcha bitimlar Stop Out orqali majburiy yopiladi. Agar bozor yopiq bo‘lsa, Stop Out u qayta ochilgandan keyin amalga oshadi.
3. Agar hisobda ochiq bitimlar bo‘lmasa va real balans manfiy bo‘lsa
"Kredit" / "Кредит" maydonidagi bonus mablag‘lari bonus hisobiga o‘tkaziladi.
Manfiy balans nolga tenglashtiriladi (0.00 dollar bo‘ladi).
