Zarurat tug‘ilganda, MetaTrader terminali parolini mustaqil ravishda o‘zgartirishing за mumkin.
Iltimos, e’tibor bering:
Parol ishonchli bo‘lishi lozim: kamida 8 ta belgidan iborat bo‘lib, kichik va bosh harflar, raqamlar hamda maxsus belgilarni o‘z ichiga olishi kerak.
MetaTrader hisobining paroli MetaTrader terminali ichida qo‘lda o‘zgartirilganda, u Libertex shaxsiy kabinetida avtomatik ravishda yangilanmaydi. Bu degani, kelgusida yangi parolingizni Libertex shaxsiy kabinetidan topa olmaysiz. Iltimos, yangi parolni eslab qoling va saqlab qo‘ying.
O‘zbek tili faqat MT5 terminalining ish stoli talqinida mavjud. U MT5 mobil ilovasida hamda MT4 terminalining ish stoli va mobil talqinlarida ko‘zda tutilmagan. Shuning uchun, ruscha interfeysdan foydalanishni tavsiya etamiz.
Kompyuter
1. MetaTrader terminalini oching hamda login, parol va server ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda hisobingizga ulaning.
2. Yuqori chap menyudan "Сервис" / "Asboblar" -> "Настройки" / "Sozlashlar" bandini tanlang.
3. "Сервер" / "Server" ichki varag‘ida, parol maydoni ro‘parasidagi "Изменить" / "O‘zgartirish" tugmasini bosing.
4. Amaldagi parolingizni kiriting.
5. "Заменить главный пароль" / "Master parolni o'zgartirish" bandini tanlang.
6. "Новый пароль" / "Yangi parol" oynasida yangi parolni ko‘rsating va uni "Подтверждение" / "Tasdiqlash" oynasiga qaytadan kiriting. Keyin "ОК" tugmasini bosing.
Mobil ilova
1. Mobil qurilmangizda MetaTrader terminalini oching.
2. Login, parol va server ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda hisobingizga ulaning.
3. Yuqori chap burchakdagi uchta chiziqchani bosing va "Управление счетами" (Hisoblarni boshqarish) menyusiga o‘ting.

4. Paydo bo‘lgan oynaning yuqori o‘ng burchagidagi uchta vertikal nuqta ko‘rinishidagi tugmani bosing va "Изменить главный пароль" (Asosiy parolni o‘zgartirish) bandini tanlang.

5. Amaldagi parolingizni kiriting.
6. Yangi parolni ikki marta ko‘rsating va "Готово" (Tayyor) tugmasini bosing.







