MetaTrader platformasi (MT4 va MT5) qulay ishlash uchun tashqi ko‘rinish, ishchi muhit, texnik vositalar va savdo algoritmlarini moslashuvchan tarzda sozlash imkonini beradi.
Terminalni qayta ishga tushirgandan so‘ng ularni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun shaxsiy sozlamalaringizni saqlab qo‘yishingiz mumkin.
Iltimos, e’tibor bering: O‘zbek tili faqat MT5 terminalining ish stoli (desktop) talqinida mavjud. U MT5 mobil ilovasida hamda MT4 terminalining ish stoli va mobil talqinlarida ko‘zda tutilmagan. Shuning uchun, ruscha interfeysdan foydalanishni tavsiya etamiz.
Andozalar: grafik dizayni va sozlamalari
U nimani saqlaydi?
Ranglar sxemasini
Grafik turini (shamlar, barlar, chiziq)
Taymfreymni
O‘rnatilgan indikatorlar va ularning parametrlarini
Setka, darajalar, masshtablar va boshqa vizual sozlamalarni
Qanday saqlash mumkin?
1. Grafikni o‘z xohishingizga ko‘ra sozlang.
2. Grafik ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing. Keyin "Шаблоны" / "Andozalar" bo‘limini bosib, "Сохранить шаблон" / "Andozlani saqlash" bandini tanlang.
3. Andoza nomini ko‘rsating va "Сохранить" / "Saqlash" tugmasini bosing.
Andozani boshqa grafikga qanday qo‘llash mumkin?
1. Grafik ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing. Keyin "Шаблоны" / "Andozalar" bo‘limini bosib, "Загрузить шаблон" / "Andozani yuklash" bandini tanlang.
2. Ro‘yxatdan kerakli andozani tanlang va "Открыть" / "Ochish" tugmasini bosing.
Andozalar qayerda saqlanadi?
MT4:
MQL4/Profiles/TemplatesMT5:
MQL5/Profiles/TemplatesyokiTemplates
Profillar: butun ishchi muhit
U nimani saqlaydi?
Barcha ochiq grafiklarni
Ochiq grafiklar joylashuvi va o‘lchamlarini
Qo‘llanilgan andozalar va vositalarni
Valyuta juftliklari va simvollarni
Qanday saqlash mumkin?
1. Kerakli grafiklarni oching va ularni sozlang.
2. "Файл" / "Fayl" menyusiga kiring, "Профили" / "Profillar" bo‘limini bosing va "Сохранить как" / "Tarzida saqlash" bandini tanlang.
3. Profil nomini kiriting va "OK" tugmasini bosing.
Saqlangan profillar qayerdan topiladi?
"Файл" / "Fayl" menyusiga kiring, "Профили" / "Profillar" bo‘limini bosing va ro‘yxatdan kerakli profilni tanlang.
Profillar qayerda saqlanadi?
MT4:
MQL4/ProfilesMT5:
MQL5/Profiles
Indikator va maslahatchilar sozlamalari (.set fayllari)
Agar siz maslahatchilar yoki indikatorlar uchun bir xil parametrlardan tez-tez foydalansangiz, ularni alohida faylda saqlab qo‘yishingiz mumkin.
Eslatma: Siz istalgan turdagi maslahatchilar hamda shaxsiy yoki tashqi indikatorlar uchun sozlamalarni saqlashingiz va yuklashingiz mumkin. Biroq terminalning ichki indikatorlari sozlamalarini alohida saqlab bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda butun andozani saqlab qo‘yishingiz kerak bo‘ladi.
Qanday saqlash mumkin?
1. Indikator yoki maslahatchining sozlamalar oynasini oching.
2. Barcha parametrlarni sozlang.
3. "Входные параметры" / "Kirish parametrlari" varog‘ida bo‘lganingizda "Сохранить" / "Saqlash" tugmasini bosing.
4. Fayl nomini ko‘rsating va uni saqlang (".set" kengaytmasi shaklida).
Indikator yoki maslahatchining saqlangan parametrlarini qanday yuklash va qo‘llash mumkin?
O‘sha oynadagi "Загрузить" / "Yuklash" tugmasini bosing va oldindan saqlab qo‘yilgan .set faylini tanlang.
Ular qayerda saqlanadi?
MT4:
MQL4/PresetsMT5:
MQL5/Profiles/Presets
Terminal sozlamalari (umumiy parametrlar)
"Настройки" / "Sozlashlar" menyusidagi parametrlar (buni topish uchun yuqori paneldagi "Сервис" / "Asboblar" bo‘limini, so‘ngra "Настройки" / "Sozlashlar" bandini bosing) tovushlar va bildirishnomalar, savdo sozlamalari (lotlar, og‘ishlar), proksi, server hamda interfeys tilini o‘z ichiga oladi. Ushbu sozlamalar terminal yopilayotganda avtomatik ravishda saqlanadi va quyidagi konfiguratsiya fayllarida saqlanadi:
MT4:
config/terminal.iniMT5:
config/(bir nechta fayllar, jumladancommunity.ini,terminal.iniva boshqalar)
Zarurat tug‘ilganda tezda qayta tiklash maqsadida ushbu fayllardan nusxa ko‘chirish hamda ularni boshqa o‘rnatilgan MetaTrader dasturiga o‘tkazish mumkin.







