Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (Pasport/ID-karta)
Pasport
Pasportning to‘liq ochilgan sahifasi (fotosuratingiz bor sahifa) rasmini yuklang.
Fotosurat aniq va yuqori sifatli bo‘lishi, barcha ma’lumotlar ko‘rinib turishi hamda oson o‘qilishi kerak. Hujjatning barcha burchaklari rasmda aniq ko‘rinishi shart.
Iltimos, e’tibor qiling: platformada verifikatsiyadan o‘tish uchun faqatgina xalqaro formatdagi pasportlar (xorijga chiqish pasporti) qabul qilinadi. Eski formatdagi ichki pasportlar (yashil kitobcha shaklidagi) verifikatsiya uchun qabul qilinmaydi.
ID-karta
ID-kartaning ikkala tomoni rasmini yuklang.
Fotosuratlar aniq va yuqori sifatli bo‘lishi, barcha ma’lumotlar aniq ko‘rinib turishi hamda oson o‘qilishi kerak. Hujjatning barcha burchaklari rasmda aniq ko‘rinishi shart.
ID-karta (Pasport yoki ID-karta) bilan tushilgan fotosurat yoki selfi
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni qo‘lingizda ushlab turgan holatdagi fotosurat yoki selfingizni yuklang.
Fotosurat aniq va yuqori sifatli bo‘lishi, hujjatdagi barcha ma’lumotlar aniq ko‘rinib turishi hamda oson o‘qilishi kerak.
Rasmda quyidagilar aniq ko‘rinib turganiga ishonch hosil qiling:
Yuzingiz to‘liq qismi;
Hujjatni ushlab turgan qo‘lingiz (tirsakkacha bo‘lgan qismi bilan to‘liq ko‘rinishi kerak);
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ya’ni pasport yoki ID-kartaning old tomoni (barcha ma’lumotlar to‘liq va aniq o‘qilishi shart).
Yashash manzili tasdig‘i
Yashash joyingizni tasdiqlovchi hujjatni yuklang, bularga muhr bosilgan va hududingizdagi tranzaksiyalar tarixi ko‘rsatilgan bank ko‘chirmasi, kommunal xizmatlar kvitansiyasi, manzilingiz ko‘rsatilgan boshqa xizmatlar uchun kvitansiya yoki to‘liq ism-sharifingiz hamda to‘liq manzilingiz ko‘rsatilgan har qanday boshqa hujjat kirishi mumkin.
Iltimos, e’tibor qiling: hujjat berilgan muddat 6 oydan oshmagan bo‘lishi kerak.
Fotosurat aniq va yuqori sifatli bo‘lishi, hujjatdagi barcha ma’lumotlar aniq ko‘rinib turishi hamda oson o‘qilishi kerak. Hujjatning barcha burchaklari rasmda aniq ko‘rinishi shart.
Kredit/Debet karta
Kartaning ikkala tomoni rasmlarini yuklang.
Kartaning old tomoni
Kartaning old tomonida karta raqamini shunday yopingki, unda faqat birinchi 6 ta va oxirgi 4 ta raqam ko‘rinib tursin.
Karta chetlari, karta egasining ism-sharifi va amal qilish muddati rasmda aniq ko‘rinishi kerak.
Kartaning orqa tomoni
Kartaning orqa tomonida uch xonali CVV kodini yopib qo‘ying. Agar karta raqami bo‘rtib chiqqan bo‘lsa va orqa tomondan ham ko‘rinib tursa, uni karta o‘girilganini hisobga olgan holda o‘sha birinchi 6 ta va oxirgi 4 ta raqam ko‘rinadigan qilib yoping.
Karta chetlari rasmda aniq ko‘rinib turishi kerak.
Nomlanmagan (egasining ismi yozilmagan) karta
Agar kartangizda ism-sharifingiz yozilmagan bo‘lsa, iltimos, quyidagi hujjatlardan birini taqdim eting:
Onlayn-banking hisobingizdan karta ko‘rsatilgan va brauzerning URL manzili satri ko‘rinib turgan skrinshot;
Karta sizga tegishli ekanligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi yoki shartnoma. Hujjatda karta raqami va to‘liq ism-sharifingiz ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Virtual karta
Agar kartangiz virtual bo‘lsa, iltimos, quyidagi hujjatlardan birini taqdim eting:
Onlayn-banking hisobingizdan karta ko‘rsatilgan va brauzerning URL manzili satri ko‘rinib turgan skrinshot;
Karta sizga tegishli ekanligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi yoki shartnoma. Hujjatda karta raqami, to‘liq ism-sharifingiz va kartaning virtual ekanligi haqidagi qayd bo‘lishi shart.
Karta bilan tushilgan fotosurat yoki selfi
Bank kartangizni qo‘lingizda ushlab turgan holatdagi fotosurat yoki selfingizni yuklang (kartaning old tomoni kameraga qaragan bo‘lishi kerak).
Karta raqamini shunday yopingki, unda faqat birinchi 6 ta va oxirgi 4 ta raqam ko‘rinib tursin.
Fotosurat aniq va yuqori sifatli bo‘lishi, karta esa aniq ko‘rinishi hamda undagi yozuvlar o‘qilishi kerak.
Rasmda quyidagilar aniq ko‘rinib turganiga ishonch hosil qiling:
Yuzingiz to‘liq qismi;
Kartani ushlab turgan qo‘lingiz (tirsakkacha bo‘lgan qismi bilan to‘liq ko‘rinishi kerak);
Kartaning old tomoni (barcha ma’lumotlar to‘liq va aniq o‘qilishi shart).
Bank ko‘chirmasi (karta bo‘yicha ko‘chirma)
Karta bo‘yicha ko‘chirmani yuklang.
Fotosurat aniq va yuqori sifatli bo‘lishi, barcha ma’lumotlar aniq ko‘rinib turishi hamda oson o‘qilishi kerak. Hujjatning barcha burchaklari rasmda aniq ko‘rinishi shart.
Hujjatda quyidagilar mavjudligiga ishonch hosil qiling:
Karta egasining to‘liq ism-sharifi (sizning ismingiz);
Karta raqami;
Bizning kompaniyamiz foydasiga amalga oshirilgan tranzaksiyalar ("fxclub.org", "HOLCOMB FINANCE LIMITED").
Elektron hamyon skrinshotlari
Elektron hamyoningizning to‘liq skrinshotini yuklang.
Skrinshot yuqori sifatli bo‘lishi, barcha ma’lumotlar aniq ko‘rinib turishi hamda oson o‘qilishi kerak.
Skrinshotda quyidagilar borligiga ishonch hosil qiling:
URL manzili (veb-manzil);
Hisob egasining to‘liq ism-sharifi (sizning ismingiz) va elektron pochta manzili;
Bizning kompaniyamiz foydasiga muvaffaqiyatli amalga oshirilgan tranzaksiya.









