Mablag‘larni "Kartaga o‘tkazish" usuli bilan yechib olish uchun siz avvalgi safar ro‘yxatdan o‘tkazilgan kartadan foydanishingiz yoki yangi karta qo‘shishingiz mumkin.
Muhim ma’lumotlar
|
Yangi karta qo‘shish uchun quyidagi amallarni bajaring:
1. Yuqori o‘ng burchakdagi hisobingiz nomi ustiga kursorni olib boring va "Mablag‘larni chiqarish" bandini tanlang.
2. "Kartaga o‘tkazish" usulini tanlang va "Toʻlov usullarini boshqarish" tugmasini bosing.
3. "Toʻlov tafsilotlarim" bo‘limida "Yangi qo'shish" tugmasini bosing.
4. Keyingi menyuda sizdan karta rekvizitlarini kiritish so‘raladi, jumladan:
Kartadagi ism: Uni xuddi kartadagi kabi kiriting. Agar karta egasining ismi yozilmagan bo‘lsa, bank shartnomangizga mos keladigan ism va familiyangizni lotin harflari bilan kiriting.
Karta raqami: Raqamlarni bo‘sh joylarsiz kiriting.
Tasdiqlovchi hujjatlar: Kartaning old va orqa tomoni fotosuratlarini, shuningdek, bank ko‘chirmasini yuklang. Iltimos, ushbu hujjatlarni menyuda ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarga muvofiq biriktiring.
5. Yangi kartangizni ko‘rib chiqishga yuborish uchun "Saqlash" tugmasini bosing.
6. Tekshirish jarayoni yakunlangandan so‘ng:
Agar barcha ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa hamda profilingizga mos kelsa va yuklangan hujjatlar talablarimizga javob bersa, sizga karta tasdiqlanganini tasdiqlovchi elektron pochta xabarnomasi yuboriladi. Shundan so‘ng siz ushbu kartaga mablag‘larni yechishni boshlashingiz mumkin bo‘ladi.
Agar karta boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa yoki hujjatlar noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmasa, so‘rov rad etiladi va sizga rad etish sababi ko‘rsatilgan elektron xat yuboriladi. Bunday holda, siz to‘g‘ri ma’lumotlar va tegishli hujjatlar bilan yangi so‘rov yuborishingiz kerak bo‘ladi.





