"Kartaga o‘tkazish" P2P usuli, bu mablag‘larni hisobingizdan chiqarishning samarali va xavfsiz yo‘lidir.
Muhim ma’lumot Agar siz ushbu mablag‘ chiqarish usulidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lsangiz yoki yangi kartadan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, kartani hisobingizga qo‘lda qo‘shishingiz kerak bo‘ladi. Buning uchun, birinchi navbatda, maxsus maqolamizda tavsiflangan jarayonga amal qiling. |
Avval savdo platformasiga foydalanuvchi nomi va parolingiz bilan tizimga kiring. Shundan so‘ng, quyidagi amallarni bajaring:
Kompyuter talqini:
1. Yuqori o‘ng burchakdagi hisobingiz nomi ustiga kursorni olib boring va "Mablag‘larni chiqarish" bandini tanlang.
2. Agar kartangizni allaqachon ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsangiz, shunchaki hisobni tanlang, miqdorni ko‘rsating va mablag‘ni chiqarish usuli sifatida "Kartaga o‘tkazish" bandini tanlang. So‘ngra "Yechib olish" tugmasini bosing.
3. Mablag‘ni chiqarish to‘g‘risidagi so‘rovni yuborganingizdan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tgan elektron pochta manzilingizga xat olasiz. GrowPayment orqali mablag‘ chiqarishni yakunlash uchun xatdagi havolaga o‘ting.
Mobil ilovada:
1. "Hamyon" bo‘limiga o‘ting va "Mablag‘larni chiqarish" bandini tanlang.
2. Agar kartangizni allaqachon ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsangiz, shunchaki hisobni tanlang, miqdorni ko‘rsating va mablag‘ni chiqarish usuli sifatida "Kartaga o‘tkazish" bandini tanlang. So‘ngra "Yechib olish" tugmasini bosing.
Iltimos, shuni yodda tutingki, agar siz hali karta qo‘shmagan bo‘lsangiz, ushbu usulni ro‘yxatdan tanlay olmaysiz.