Multiplikatorni o‘zgartirish imkoniyati Gold va undan yuqori maqomga (status) ega bo‘lgan mijozlar uchun mavjud.
Multiplikator sizga bitimingizdagi aktiv narxining harakatini kuchaytirish imkonini beradi. Bitim ochiq bo‘lgan vaqtda uni o‘zgartirish orqali siz natijalaringiz (foyda yoki zararlar) shakllanish tezligini tezlashtirishingiz yoki sekinlashtirishingiz mumkin.
Ochiq bitimdagi multiplikatorni qanday o‘zgartirish mumkin?
Kompyuter talqini
Kompyuteringizda ochiq bitimdagi multiplikatorni bir nechta usullar bilan o‘zgartirishingiz mumkin:
"FAOL SAVDO BITIMLARI" menyusida kerakli bitim ustiga kursorni olib boring va "Multiplikatorni o‘zgartirish" belgisini bosing.
"FAOL SAVDO BITIMLARI" menyusida aniq bir bitimni tanlang. Uchta nuqta tugmasini bosing va "Multiplikatorni o‘zgartirish" bandini tanlang.
Yuqori navigatsiya panelida uchta nuqta belgisi ustiga kursorni olib boring va tegishli bo‘limga kirish uchun "Faol savdo bitimlari" bandini tanlang. Shundan so‘ng, kerakli bitim yonidagi uchburchak belgisi ustiga kursorni olib boring va "Multiplikatorni o‘zgartirish" yozuvini bosing.
Mobil ilova
"Savdo bitimlari" bo‘limini oching.
Tahrirlamoqchi bo‘lgan bitimingizdagi uchta nuqta tasvirlangan sariq tugmani bosing.
"Multiplikatorni tahrirlash" opsiyasini tanlang.
Muhim tafsilotlar
Ochiq bitimda multiplikator o‘zgartirilganda, kirish narxi shunday qayta hisoblanadiki, multiplikator sozlangandan keyin joriy moliyaviy natija o‘zgarishsiz qoladi.
NewEntry = (CurrentPrice × EntryPrice × NewMultiplier) / (CurrentMultiplier × (CurrentPrice − EntryPrice) + NewMultiplier × EntryPrice)
NewEntry = yangi kirish narxi (multiplikator sozlangandan keyingi)
CurrentPrice = joriy bozor narxi
EntryPrice = dastlabki kirish narxi
CurrentMultiplier = joriy multiplikator
NewMultiplier = yangi multiplikator
Multiplikator oshirilganda, komissiya va spred faqat qo‘shilgan bitim hajmi uchungina undiriladi. Komissiya stavkasini Vosita spetsifikatsiyalari sahifasidan topishingiz mumkin. Multiplikator kamaytirilganda, oddiy bitimni yopish kabi qoidalar va shartlar amal qiladi.
Bitim natijasini keyingi hisob-kitob qilish, shuningdek, svop komissiyalari yangi multiplikator va yangi kirish narxi asosida amalga oshiriladi.
Agar maksimal multiplikator cheklangan bo‘lsa (masalan, yangiliklar chiqishi paytida), ochiq bitimda multiplikatorni sozlashga urinishda muayyan multiplikator qiymatlari vaqtincha mavjud bo‘lmasligi mumkin.






