Avtooshirish nima?
Avtooshirish (Auto-increase) funksiyasi ochiq bitimingiz muayyan zarar foiziga yetganda (sukut bo‘yicha multiplikatorni hisobga olmaganda 50% yoki undan ko‘p) savdo pozitsiyangizni avtomatik ravishda oshiradi.
Avtooshirish funksiyasini qanday faollashtirish mumkin?
Ushbu funksiyadan foydalanish uchun shunchaki yangi bitim joylashtirilayotganda tranzaksiya oynasidagi "Avtooshirish" opsiyasini yoqing yoki mavjud ochiq bitimning tafsilotlari ichidan uni faollashtiring.
Mobil talqini
Veb (brauzer) talqini
Avtooshirish parametrlarini qanday o‘zgartirish mumkin
Avtooshirish uchun sukut bo‘yicha belgilangan parametrlar:
Zarar chegarasi: 50%
Qo‘shiladigan miqdor: 50%
Agar siz mobil ilovadan foydalanayotgan bo‘lsangiz, ushbu parametrlarni o‘zingizga moslab sozlashingiz mumkin:
1. "Avtooshirish" yozuvi yonidagi tishli g‘ildirak (sozlamalar) belgisini bosing.
2. O‘tgartirmoqchi bo‘lgan parametringiz yonidagi "TAHRIRLASH" tugmasini bosing.
3. Istalgan foizni tanlash uchun gorizontal slayderni (yugurgichni) suring.
Eslatma: Hozirgi vaqtda faqat Gold yoki undan yuqori maqomga (status) ega bo‘lgan mijozlar ushbu parametrlarni o‘zgartirish huquqiga egadirlar.
Muhim tafsilotlar
Bitimingiz 50% yoki undan ko‘p zarar darajasiga yetganda, tizim hisobingizdagi bo‘sh mablag‘lardan foydalangan holda dastlabki miqdorning 50% ini avtomatik ravishda qayta investitsiya qiladi. Agar siz parametrlarni o‘zingizga moslashtirgan bo‘lsangiz, tizim siz belgilagan aniq foizlarga muvofiq ishga tushadi va qayta investitsiya kiritadi. Agar hisobingizda yetarli bo‘sh mablag‘ bo‘lmasa, avtooshirish jarayoni amalga oshirilmaydi.
Bitim miqdorini avtomatik ravishda oshirish uchun olinadigan komissiya to‘lovi ushbu vositada yangi bitim ochish uchun belgilangan komissiyaga, jumladan spredga teng bo‘ladi. Komissiyalar Spetsifikatsiyalar sahifasiga muvofiq undiriladi.
Bitim miqdorini avtooshirish dastlabki multiplikator yordamida amalga oshiriladi. Agar tegishli multiplikator koeffitsiyenti mavjud bo‘lmasa, masalan, muhim yangiliklar chiqishi paytida, u holda ushbu vosita uchun dastlabki multiplikator qayta mavjud bo‘lmaguncha bitimni avtooshirish jarayonini bajarib bo‘lmaydi.
Bitim miqdori oshirilgan vaqtdan boshlab, svop komissiyasi (SWAP) yangi bitim miqdoriga muvofiq ravishda hisoblanadi va undiriladi.
Agar aktiv narxining keskin sakrashi natijasida joriy narx oldingisidan bir necha punktga farq qilsa (gup / gap holati) va bitim Stop Out darajasiga yetsa, Avtooshirish funksiyasi ishlamaydi.
Yangi bitim miqdorini hisoblash formulasi
NewInv – bitim miqdorini oshirish jarayonidan keyingi yangi bitim miqdori
Inv(0) – dastlabki bitim miqdori
Inv – oshirilgan mablag‘ miqdori
Yangi ochilish narxini hisoblash formulasi
NewPrice – bitim miqdorini oshirish jarayonidan keyingi yangi ochilish narxi
Inv(0) – dastlabki bitim miqdori
Price(0) – dastlabki bitimning ochilish narxi
Inv – oshirilgan mablag‘ miqdori
Price – bitim miqdori oshirilayotgan vaqtdagi vosita (aktiv) narxi





