Mablag'larni yangi kripto hamyoningizga yechib olish uchun ariza yaratishda quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling:
Libertex terminalida "Mablag‘larni yechish" opsiyasini tanlang. Keyin, ochilgan maydonda hisob raqamini tanlang, summa kiriting va kriptovalyutada mablag'larni yechib olishning mavjud bo'lgan usulini tanlang (bu ba'zi mintaqalarda mavjud bo'lmasligi mumkin). Mablag'larni yechib olishni xohlagan kripto hamyoningiz manzilini kiriting va "Yechib olish" tugmasini bosing.
Ariza yaratish jarayonini yakunlash uchun, sizning shaxsingizni tasdiqlash talab etiladi. Sizga "Transaktsiyani yakunlash uchun biz sizning hisobingizni tasdiqlashimiz kerak. Iltimos, hujjatingizni tayyorlang va Libertex ilovasiga telefoningiz/portativ kompyuteringiz kamerasiga kirishga ruxsat bering." degan bildirishnoma ko'rsatiladi.
Siz ishlatmoqchi bo'lgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat turini tanlang va ushbu hujjatni yuklang. Keyin, shaxsni tasdiqlash uchun yuzni aniqlash tizimining ko'rsatmalariga amal qiling. Tizimga hujjatlarni tekshirish va tasdiqlash uchun biroz vaqt kerak bo'lishi mumkin. Hujjatlarni qayta tekshirayotgan vaqt davomida, iltimos, verifikatsiya sahifasini tark etmang va ilovani yopmang. Hujjatlar muvaffaqiyatli tekshirilgandan so'ng, mablag'larni yechib olish bo'yicha ariza yaratiladi va qayta ishlanadi.
Iltimos, ma'lumotlardagi har qanday nomuvofiqlik holatida qo'shimcha tekshiruvlar talab qilinishi mumkinligini va hujjatlaringizni verifikatsiya qilish jarayoni ko'proq vaqt olishi mumkinligini inobatga oling.
Muhim! Agar hujjatlar tekshirilgandan oldin sahifa yoki ilovani yopsangiz, mablag'larni yechib olish bo'yicha ariza yaratilmaydi.
Birinchi marta kripto hamyoniga mablag'larni yechib olganingizda, kelajakda ushbu hamyon uchun qayta verifikatsiya qilish talab qilinmaydi.
Agar yangi hamyondan mablag'larni yechib olish uchun ariza yaratmoqchi bo'lsangiz, faqat yuzni aniqlash tizimi orqali verifikatsiya bosqichini o'tashingiz kerak bo'ladi.