"Sun’iy intellektdan savdo g‘oyalari" — bu OpenAI bazasida ishlaydigan va istiqbolli savdo imkoniyatlarini topish uchun bozor ma’lumotlarini tahlil qiladigan hamda oldindan sozlangangan parametrlarga ega bitimlarni taklif etadigan funksiyadir. Bu bitimlarni qo‘shimcha sozlamalarsiz, atigi bir necha marta bosish orqali ochish mumkin.
E’tibor bering: har bir savdo g‘oyasi, odatda, bir nechta bitimlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.
"Sun’iy intellektdan savdo g‘oyalari"dan qanday foydalanish mumkin?
Kompyuter versiyasi
1. Yuqoridagi navigatsiya panelidagi uchta nuqta belgisini bosing va "Laboratoriya" bo‘limiga o‘ting.
2. "Sun’iy intellektdan savdo g‘oyalari" varag‘ida chap tomondagi ro‘yxatdan kerakli savdo g‘oyasini tanlang.
3. "Xatar ehtimoli", "Potensial foyda" va vositalar parametrlarining (multiplikator hamda ajratilgan mablag‘ foizi kabi) darajalari bilan tanishib chiqing.
4. O‘zingizga maqbul "Bitim summasi"ni tanlang yoki kiriting va "Bitimlarni ochish" tugmasini bosing. Bitimlar bir vaqtning o‘zida bajariladi va sizning faol bitimlaringizga qo‘shiladi.
Mobil ilova
1. Pastki navigatsiya paneli orqali "Kashf etish" bo‘limiga o‘ting va "AI savdo g‘oyalari"ni tanlang.
2. Sizga yoqqan savdo g‘oyasi yonidagi "Ochish" tugmasini bosing.
3. "Xatar ehtimoli", "Potensial foyda" va vositalar parametrlarining (masalan, "Investitsiya rejasi" bo‘limidagi multiplikator hamda ajratilgan mablag‘ foizi kabi) darajalari bilan tanishib chiqing.
4. O‘zingizga maqbul "Bitim summasi"ni tanlang yoki kiriting va "Bitimlarni ochish" tugmasini bosing. Bitimlar bir vaqtning o‘zida bajariladi va sizning faol bitimlaringizga qo‘shiladi.








