Demo-hisob — bu real savdo shart-sharoitlarini to‘liq simulyatsiya qiluvchi (aks ettiruvchi) o‘quv hisobidir. U virtual mablag‘lar yordamida bitimlar amalga oshirish imkonini beradi, buning sharofati bilan siz o‘z pullaringizni xavf ostiga qo‘ymasdan ta’lim olishingiz va strategiyalarni sinovdan o‘tkazishingiz mumkin.
E’tibor bering, Demo-hisobdagi barcha mablag‘lar mutlaqo virtual (haqiqiy emas) hisoblanadi. Ular xavfsiz muhitda savdo strategiyalarini o‘rganish va amalda qo‘llash uchun mo‘ljallangan, shu sababli jismoniy ekvivalentga ega emas va hisobdan yechib olinmaydi.
Quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilib, hisoblar o‘rtasida tezda almashishingiz mumkin.
Kompyuter talqini
1. Loginingiz va parolingiz yordamida hisobingizga kiring.
2. O‘ng tomondagi hisoblar menyusida o‘z hisobingizni bosing: "Libertex: Real".
3. Ochilgan ro‘yxatdan Demo-hisobni tanlang: "Libertex: Demo".
4. Demo-hisobga o‘ting.
Mobil ilova
1. Loginingiz va parolingiz yordamida hisobingizga kiring.
2. Libertex terminali belgisini (yuqori o‘ng burchakdagi to‘q sariq kvadrat) bosing.
3. "Demo" tugmasini bosing.
4. Demo-hisobga o‘ting.






