К основному содержимому

Nima uchun mening savdo bitimim MetaTrader terminalida mening ruxsatimsiz yopildi?

Iltimos, e’tibor bering: O‘zbek tili faqat MT5 terminalining ish stoli (desktop) talqinida mavjud. U MT5 mobil ilovasida hamda MT4 terminalining ish stoli va mobil talqinlarida ko‘zda tutilmagan. Shuning uchun, ruscha interfeysdan foydalanishni tavsiya etamiz.

MetaTrader terminallarida savdo bitimining avtomatik ravishda yopilishining uchta asosiy sababi bor:

1. Hisobingizda Stop-Out ishga tushgan

Stop-Out operatsiyasi sizning pozitsiyalaringiz yopilish vaqtidagi haqiqiy narxlar bo‘yicha majburiy ravishda yopilganligini anglatadi. Bu ruxsat etilgan zarar darajasiga yetilganligi va buning natijasida ochiq pozitsiyalarni uzoqroq ushlab turish uchun mablag‘ yetishmasligi sababli yuz beradi.

Stop-Out protsedurasi bo‘yicha savdo bitimlarining yopilishi Ekviti / Marja nisbati 50% ga yetganda sodir bo‘ladi.

MetaTrader terminalida ochiq savdo bitimlari mavjud bo‘lganda mablag‘lar darajasi (marja darajasi) "Торговля" / "Savdo" sahifasida "Уровень" / "Daraja" ko‘rsatkichi sifatida aks etadi. U quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Daraja = (Ekviti / Marja) × 100%

MT4 terminalining "История счета" sahifasida yoki MT5 terminalining "История" / "Tarix" sahifasida Stop-Out operatsiyasi [stopout] yoki [so] kabi sharhga ega bo‘ladi.


2. Savdo terminalingizda maslahatchi (Advisor) yoki robot yoqilgan

Maslahatchilar (Advisors), robotlar va avtomatik savdo bu ma’lum bir avtomatlashtirish sozlamalari bo‘lib, ular yoqilganda berilgan algoritmga muvofiq savdo bitimlarini mustaqil ravishda ochadi va yopadi.

Qoida tariqasida, yoqilgan maslahatchining mavjudligi grafikning yuqori o‘ng burchagida "smaylik" shaklida aks ettiriladi.

  • Agar smaylik xafa bo‘lsa, avtomatik savdo yoqilmagan bo‘ladi.

  • Agar smaylik tabassum qilayotgan bo‘lsa, bu sizning maslahatchingizga savdo qilishga ruxsat berilganini anglatadi, shuning uchun u savdo bitimlarini mustaqil ravishda ochadi va yopadi.

Maslahatchi o‘z faoliyatini ko‘rsatuvchi belgilarni qoldiradi. MT4 terminalining "История счета" sahifasida yoki MT5 terminalining "История" / "Tarix" sahifasida, xususan "Комментарий" / "Sharh" ustunida maslahatchi ushbu savdo bitimi maslahatchi tomonidan ochilgani yoki yopilgani haqida xabar qoldirishi mumkin. Shu bilan birga, ba’zi maslahatchilar o‘zlarining ichki sozlamalariga qarab hech qanday belgi qoldirmasliklari ham mumkin.

Hisob tarixini ko‘zdan kechirib, savdo bitimlari maslahatchi tomonidan bajarilmaganiga ishonch hosil qilish hamda uning terminalda yoqilgan yoki yoqligini tekshirish muhimdir.


3. Foyda yoki zarar cheklovlari (Stop Loss yoki Take Profit) o‘rnatilgan bo‘lgan taqdirda

MetaTrader terminalida savdo bitimini ochishda sizga foyda va zarar cheklovlarini o‘rnatish taklif qilinishi mumkin. Agar siz bunday cheklovlarni o‘rnatgan bo‘lsangiz, u holda ushbu shartlarga erishilganda savdo bitimi avtomatik ravishda yopiladi. Foyda va zarar cheklovlari savdo bitimlarini ochish paytida ham, joriy ochiq savdo bitimlari uchun ham o‘rnatilishi mumkin.

Нашли ответ на свой вопрос?