Shaxsni tasdiqlash jarayoni uchun quyidagi hujjatlar so‘ralishi mumkin:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID-karta). Iltimos, e’tibor qiling: platformada verifikatsiyadan o‘tish uchun faqatgina xalqaro formatdagi pasportlar qabul qilinadi. Eski formatdagi ichki pasportlar (kitobcha shaklidagi) verifikatsiya uchun qabul qilinmaydi.
Yashash manzili tasdig‘i (haqiqiy yashash manzilini tasdiqlovchi hujjat).
Bank hisobvarag‘i yoki karta sizga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat.
Kriptovalyuta hamyoni yoki elektron pullar tizimi hamyoni sizga tegishli ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotlar.
Yashash mamlakati yoki boshqa omillar sababli individual vaziyatga qarab taqdim etilishi talab etiladigan boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar.
Hujjatlar namunalari bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.
