Shuni yodda tutingki:
Visa yoki Mastercard kartalariga mablag‘larni yechish faqat avvalroq xuddi shu usul yordamida savdo hisobingizni to‘ldirgan bo‘lsangizgina mavjud bo‘ladi.
Mablag‘larni yechishga faqat sizning o‘zingizga tegishli bo‘lgan kartalarga ruxsat beriladi. Mablag‘larni uchinchi shaxs kartalariga yechib olish qat’iyan man etiladi.
Ushbu usul muayyan mintaqalarda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Muqobil variant sifatida siz "Kartaga o‘tkazish" P2P usulidan foydalanishingiz mumkin.
Pul yechish qanday amalga oshiriladi?
Kompyuter versiyasi
1. Yuqori o‘ng burchakdagi ismingiz ustiga kursor yuboring va ochiladigan menyudan "Mablag`larni chiqarish" tugmasini tanlang.
2. Hisobni tanlang, summani ko‘rsating va pul yechish usuli sifatida "Visa yoki Mastercard kartasi"ni tanlang. Keyin "Yechib olish" tugmasini bosing.
Mobil ilova
1. "Hamyon" bo‘limiga o‘ting va "Mablag`larni chiqarish" tugmasini tanlang.
2. Hisobni tanlang, summani ko‘rsating va pul yechish usuli sifatida "Visa yoki Mastercard kartasi"ni tanlang. Keyin "Yechib olish" tugmasini bosing.
Muhim tafsilotlar
Bitta tranzaksiya uchun minimal pul yechish summasi 10 USD + komissiya.
Bitta tranzaksiya uchun maksimal pul yechish summasi 10 000 USD.
2.5% miqdorida komissiya olinadi (kamida 2 USD).
Pul yechish so‘rovlari bank tizimining tezligi va karta turiga qarab bir necha daqiqadan 5 ish kunigacha bo‘lgan vaqt ichida qayta ishlanadi.


