Umumiy sharh
Libertex Sintetik Indekslari — bu Libertex’ning xususiy narx shakllantirish dvigateli asosida ishlaydigan, narx harakatlarining matematik simulyatsiyasiga asoslangan moliyaviy instrumentlardir.
Har bir instrument o‘ziga xos narx xususiyatlariga ega bo‘lib, alohida simulyatsiya qilingan bozor muhitini yaratadi. Narxlar hech qanday bazaviy aktiv yoki an’anaviy moliya bozori bilan bog‘lanmagan va ulardan kelib chiqmagan, shuningdek, real dunyodagi iqtisodiy voqealar hamda bozor o‘zgarishlaridan mustaqildir.
Savdo jadvali: Libertex Sintetik Indekslari savdo uchun haftasiga 7 kun, kuniga 24 soat (24/7), jumladan dam olish va bayram kunlarida ham mavjud. Kotirovkalar har soniyada yangilanib turadi.
Xavf-xatarlar haqida ogohlantirish: Sintetik indekslar keskin narx tebranishlariga uchrashi mumkin va barcha investorlar uchun mos kelavermaydi. CFD savdosi sezirarli xavf-xatarlarni o‘z ichiga oladi; ko‘paytiruvchi/kredit yelkasi (multiplier/leverage) ham foyda, ham zararni oshirishi mumkin va siz pulingizni tezda yo‘qotishingiz mumkin.
Alohida instrumentlar tavsifi
sPump 1000 | sPump 1000 keskin yuqoriga sakrashlar bilan tavsiflanuvchi narx harakatlarini simulyatsiya qiladi. O‘rtacha olganda, yuqoriga sakrash har 1000 tikda (tick) bir marta sodir bo‘ladi, garchi haqiqiy oraliq vaqt o‘zgarishi mumkin bo‘lsa-da. |
sDump 1000 | sDump 1000 keskin pastga tushishlar bilan tavsiflanuvchi narx harakatlarini simulyatsiya qiladi. O‘rtacha olganda, pastga tushish har 1000 tikda (tick) bir marta sodir bo‘ladi, garchi haqiqiy oraliq vaqt o‘zgarishi mumkin bo‘lsa-da. |
sVolatility 25 | sVolatility 25 — bu Libertex’ning xususiy narx shakllantirish modeli orqali yaratilgan, maqsaddagi yillik o‘zgaruvchanlik (volatillik) darajasi 25% bo‘lgan sintetik indeksdir. |
sVolatility 50 | sVolatility 50 — bu Libertex’ning xususiy narx shakllantirish modeli orqali yaratilgan, maqsaddagi yillik o‘zgaruvchanlik (volatillik) darajasi 50% bo‘lgan sintetik indeksdir. |
sVolatility 75 | sVolatility 75 — bu Libertex’ning xususiy narx shakllantirish modeli orqali yaratilgan, maqsaddagi yillik o‘zgaruvchanlik (volatillik) darajasi 75% bo‘lgan sintetik indeksdir. |
sVolatility 100 | sVolatility 100 — bu Libertex’ning xususiy narx shakllantirish modeli orqali yaratilgan, maqsaddagi yillik o‘zgaruvchanlik (volatillik) darajasi 100% bo‘lgan sintetik indeksdir. |
Sintetik indekslar bo‘yicha muhim xavf-xatar ma’lumotlari
Sintetik indekslar — bu narxlari matematik model yordamida shakllantiriladigan moliyaviy instrumentlardir. Ular hech qanday bazaviy aktivga ega emas va real dunyodagi biror bir aniq aktiv yoki an’anaviy moliya bozori narxini kuzatish uchun mo‘ljallanmagan.
Narx harakatlari tegishli model xususiyatlariga amal qiladi va real dunyodagi iqtisodiy voqealardan mustaqil ravishda yuz berishi mumkin. Instrumentga qarab, narxlar keskin yuqoriga yoki pastga yo‘naltirilgan harakatlarni boshdan kechirishi mumkin.
Sintetik indekslar barcha investorlar uchun mos kelavermaydi. Sintetik indekslar bo‘yicha CFD savdosi sezirarli xavf-xatarlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘paytiruvchi/kredit yelkasi (multiplier/leverage) ham foyda, ham zararni oshirishi mumkin va siz pulingizni tezda yo‘qotishingiz mumkin. Spreydlar, moliyalashtirish to‘lovlari (swaps) va boshqa tegishli savdo xarajatlari natijalaringizga ta’sir qilishi mumkin.
Pozitsiyani ochishdan oldin ushbu instrumentlar qanday ishlashini tushunishingizga hamda ular bilan savdo qilish sizning moliyaviy imkoniyatlaringiz va xavf-xatarga chidamlilik darajangizga mos kelishini baholashingiz lozim.
Kompaniya muayyan Sintetik indeks yoki savdo yo‘nalishi bo‘yicha barcha mijozlar uchun umumiy pozitsiyalar hajmiga cheklovlar qo‘llashi mumkin. Tegishli cheklovga erishilganda, ta’sir ko‘rsatilgan instrument yoki yo‘nalishda qo‘shimcha pozitsiyalarni ochish cheklanishi yoki vaqtincha mavjud bo‘lmasligi mumkin. Ushbu cheklovlar instrumentga qarab farq qilishi va Kompaniyaning xavf-xatarlarni boshqarish tartibiga muvofiq tuzatib borilishi mumkin.
