К основному содержимому

Delisting nima?

Delisting bu kompaniya aksiyalarini birjadagi savdolardan olib tashlash jarayonidir. AQSh kompaniyalari aksiyalari holatida bu ko‘pincha yirikroq kompaniya tomonidan qo‘shib olinishi yoki sotib olinishi natijasida sodir boaladi. Bunday hollarda aksiyador boshqa kompaniyaning aksiyalarini oladi.*

*Qulaylik va hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida, mijozlar yangi aksiyalarni (ular platformada hali mavjud bo‘lmasligi mumkin) olish o‘rniga o‘sha yangi aksiyalar qiymatining pul ekvivalentini oladilar.


Misol

Xilinx kompaniyasi AMD tomonidan sotib olindi va bu XLNX aksiyalari savdosining to‘xtatilishiga olib keldi. Har bir XLNX aksiyasi uchun aksiyadorlar 1.7234 dona AMD aksiyasini oldilar (bizning holatimizda, 1 ta AMD aksiyasi va kasrli qismi pul ekvivalenti shaklida).

Shunday qilib, 100 ta XLNX aksiyasi egasi 172 ta AMD aksiyasi hamda 38.85 dollar (qiymati 114.27 dollar bo‘lgan 0.34 kasrli aksiyani anglatadi) oladi, mavjud XLNX aksiyalari esa olib tashlanadi (bekor qilinadi).

Нашли ответ на свой вопрос?