Aksiyalar spliti (stock split) kompaniya aksiyalarining dastlabki qiymatini o‘zaro taqsimlagan holda, ularni bir nechta mayda bo‘laklarga bo‘lish jarayonidir.
Split odatda aksiyaning likvidligini oshirish va bozor ishtirokchilarini jalb qilish uchun amalga oshiriladi, ya’ni bitta aksiya narxi pasayadi va bu aksiyani sotib olish uchun hamyonboproq hamda jozibadorroq qiladi.
Misol:
Agar TSLA aksiyalari bo‘yicha 1 taga 10 (10-for-1) nisbatida split amalga oshirilsa va bunda 1 ta aksiyaning narxi $1000 bo‘lsa, splitdan keyin sizda har birining qiymati $100 bo‘lgan 10 ta aksiya paydo bo‘ladi. Aksiyador uchun faqat aksiyalar soni va bitta aksiya narxi o‘zgaradi, biroq ularning portfelining umumiy qiymati (yoki pozitsiyaning moliyaviy natijasi) o‘zgarishsiz qoladi.
Splitgacha: 1 ta aksiya, qiymati $1000.
Splitdan keyin: 10 ta aksiya, har birining qiymati $100.
Shunga muvofiq, barcha axborot manbalaridagi narxlar grafiklari moslashtiriladi va tarixiy narxlar o‘nga bo‘lingan holda qayta hisoblab chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz: aksiyalar spliti paytidagi narx o‘zgarishi texnik xarakterga ega bo‘lib, savdoga asoslanmagan, shu sababli u foyda yoki zarar keltirib chiqarmaydi.
