К основному содержимому

Multiplikator (kredit yelkasi) nima?

Multiplikator (kredit yelkasi) bu savdo hajmini oshiruvchi koeffitsiyentdir. Savdoda foydalaniladigan shaxsiy mablag‘laringiz miqdorini o‘zgartirmasdan, savdo hajmini necha barobar oshirishni o‘zingiz tanlashingiz mumkin.

Masalan, x100 multiplikatori savdo uchun ishlatiladigan mablag‘lar 100 barobarga ko‘paytirilishini anglatadi. Bu shuni anglatadiki, 1,000 AQSH dollari hajmidagi savdo uchun sizga atigi 10 AQSH dollari miqdoridagi shaxsiy mablag‘ (yuzdan bir qismi) kerak bo‘ladi. Qolgan qismi esa Kompaniya tomonidan taqdim etiladi.

Har bir instrument uchun ruxsat etilgan multiplikatorlar diapazoni mavjud. Siz bularni Instrument spetsifikatsiyalari sahifasidan topsangiz bo‘ladi.


Savdo hajmini oshirish savdoga qanday ta’sir qiladi?

  • Kattaroq savdo hajmlari hatto narxning kichik harakatlarida ham tezroq foyda yoki zarar keltirishi mumkin. Bu holat narxning umumiy o‘zgarishi butun savdo hajmiga nisbatan qo‘llanilishi sababli yuz beradi.

  • Savdo hajmi umumiy komissiyalar va spredlar miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi.

  • Yirik hajmli savdolarda spred sezilarli bo‘lishi mumkinligi sababli, bu dastlabki moliyaviy natijaga ta’sir qilishi mumkin. Savdoni boshlashdan oldin, ayniqsa katta hajmdagi operatsiyalar uchun spredlar va komissiyalar miqdorini diqqat bilan baholash muhimdir.


Multiplikatorni qanday sozlash kerak?

Yangi savdo ochayotganda "Multiplikator" maydoniga kerakli raqamni kiriting yoki tanlang.

Kompyuter talqinida:

Mobil ilovada:

Masalan, yuqoridagi rasmda savdo uchun ishlatilgan shaxsiy mablag‘ingiz miqdori 100 AQSH dollarini, multiplikator esa x200 ni tashkil etadi. Demak, yakuniy savdo hajmi quyidagicha bo‘ladi: 100 AQSH dollari × 200 = 20,000 AQSH dollari.

Jarayonga jalb qilingan shaxsiy mablag‘ingiz miqdori umumiy hajmdagi ikki yuzdan bir qismga tengdir. Qolgan qismi biz tomonimizdan taqdim etiladi.

Iltimos, e’tibor qiling: Agar zarurat tug‘ilsa, siz ochilgan savdodagi multiplikatorni o‘zgartirishingiz ham mumkin.

Нашли ответ на свой вопрос?