MetaTrader terminalida savdo hisobini ochganingizda, sizga hisobdan asosiy parol va investor paroli taqdim etiladi.
Investor paroli nima va u nima uchun kerak?
Faraz qiling, siz do'stingizga MetaTrader hisobingizni kuzatish imkonini berishni xohlaysiz, ammo hisob bilan boshqa hech qanday harakatlarni amalga oshirishga ruxsat bermaysiz. Bunday holatda, kuzatuvchiga kirish imkoniyatini berish uchun investor paroli yordam beradi.
Siz kuzatuvchiga savdo hisobingiz raqamini, server nomini va investor parolini taqdim etishingiz mumkin. Kuzatuvchi ushbu ma'lumotlar bilan savdo terminaliga kirganidan so'ng, u sizning hisobingizdagi ko'rsatkichlarni ko'rishi mumkin, lekin hech qanday operatsiyani amalga oshira olmaydi.
Investor parolini qanday bilib olish mumkin?
Investor paroli PIN-kod deb ataladi va MetaTrader hisobiga kirish uchun "Mening hisoblarim" menyusidagi "Hisob ma’lumotlari" bo'limida yoki mobil versiyada "Hamyon > Kerakli MetaTrader hisobi > Hisob ma'lumotlari" bo'limida saqlanadi.
Zarurat bo'lsa, uni MetaTrader dasturida "Сервис > Созлашлар > Сервер > Ўзгартириш" menyusida almashtirish mumkin. Keyin "Инвестор (факат ўкишга мумкин) паролини ўзгартириш" ni tanlang.