К основному содержимому

MetaTrader ilovasini macOS tizimiga qanday o‘rnatish mumkin?

MetaTrader terminallarini macOS operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterlarga o‘rnatish mumkin.

MetaTrader4

MetaTrader 4 ilovasini o‘rnatish uchun bu yerga bosing.

MetaTrader 4 terminalini Libertex platformasining "Mening hisoblarim" bo‘limidan ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

  1. Yuqori o‘ng burchakdagi ismingiz ustiga kursor (sichqoncha) ko‘rsatkichini olib boring va "Mening hisoblarim" bandini tanlang.

  2. Chap tomondagi ro‘yxatdan istalgan ochiq MT4 hisobini tanlang. Agar zarur bo‘lsa, "Yangi hisob ochish" tugmasini bosish orqali yangi hisob ochishingiz mumkin.

  3. Sahifaning eng pastki qismiga tushing va "Yuklab olish" bo‘limini toping. So‘ngra "MacOS" tugmasini bosing va o‘rnatish jarayonini boshlang.

MetaTrader5

MetaTrader 5 ilovasini macOS kompyuterlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri havola orqali yuklab olish mumkin. O‘rnatish jarayonini boshlash uchun bu yerga bosing.

Нашли ответ на свой вопрос?