Biz dunyoga mashhur ikkita savdo platformasida, ya’ni MetaTrader 4 va MetaTrader 5 platformalarida savdo qilish imkoniyatini taqdim etamiz. Har ikkala platforma MetaQuotes kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bir-biridan birinchi navbatda savdo shartlari hamda muayyan funksionalligi bilan ajralib turadi.
MT4 platformasi boshlovchi treyderlar hamda asosan forex savdosiga e’tibor qaratganlar uchun ko‘proq mos kelishi mumkin bo‘lsa, MT5 ko‘proq aktivlar turlari va savdo imkoniyatlarini qidirayotgan tajribali treyderlar hamda investorlarga mo‘ljallangan qo‘shimcha funksiyalar va imkoniyatlarni taklif etadi.
MetaTrader 4
MetaTrader 4 terminali Forex Club serverlarida savdo qilish uchun optimallashtirilgan bo‘lib, u deyarli barcha savollarga, jumladan indikatorlar, maslahatchilar (advisor) va boshqa foydali materiallarga oid masalalarga javob topishda yordam bera oladigan ulkan foydalanuvchilar hamjamiyatiga ega.
MetaTrader 4 platformasining asosiy afzalliklari:
avtomatik savdo (robot yoki maslahatchini ulash imkoniyati);
texnik tahlil, indikatorlar, trend chiziqlari va osilyatorlardan foydalanish imkoniyati;
shaxsiy indikatorlar, maslahatchilar va shablonlarni qo‘shish imkoniyati;
indikatorlar, maslahatchilar va utilitalarni yuklab olish imkonini beruvchi ichki kutubxona;
savdo signallarini qo‘shish / nusxa ko‘chirish savdosidan (copy trading) foydalanish yoki signal yetkazib beruvchiga aylanish imkoniyati;
kotirovkalarni terminaldan real vaqt rejimida Excel’ga eksport qilish imkonini beruvchi ichki DDE serveri.
MetaTrader 4 terminali kompyuterga (Windows) o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan desktop versiyada hamda Android va iOS uchun mobil ilova ko‘rinishida taqdim etilgan. Bundan tashqari, MetaTrader 4 terminalining veb versiyasi ham mavjud.
MetaTrader 4 ilovasini bu yerda yuklab olishingiz mumkin.
MetaTrader 5
MetaTrader 5 platformasi MetaTrader 4 bilan bir xil funksionallikka ega, biroq unda ba’zi qo‘shimcha funksiyalar, masalan, "Стакан цен" / "Narxlar stakani" mavjud. Bundan tashqari, MetaTrader 5 atrofida ham juda keng hamjamiyat shakllangan.
MetaTrader 5 platformasi kompyuterga (Windows) o‘rnatiladigan desktop versiyada hamda Android va iOS uchun mobil ilovada mavjud. Shuningdek, platformaning veb versiyasi ham taqdim etilgan.
MetaTrader 5 terminalini bu yerda yuklab olishingiz mumkin.
MetaTrader 4 va MetaTrader 5 terminallari o‘rtasidagi asosiy farqlar
Xususiyat | Metatrader 4 | Metatrader 5 |
Taymfreymlar | 9 (Daqiqalar: 1, 5, 15, 30; Soatlar: 1, 4; Kun, Hafta, Oy) | 21 (Daqiqalar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 10, 12, 15, 20, 30; Soatlar: 1, 2, 3, 4, 6, 8, 12; Kunlar: 1, Hafta, Oy) |
Texnik indikatorlar | 30 | 38 |
Kutayotgan orderlar | 4 (Buy stop, sell stop, buy limit, sell limit orderlari) | 6 (Buy stop, sell stop, buy limit, sell limit, buy stop limit, sell stop limit orderlari) |
Dasturlash tili | MQL4 (soddaroq va kengroq tarqalgan dasturlash tili bo‘lib, tayyor vositalar va resurslardan foydalanish imkonini beradi). | MQL5 (kuchliroq va universal dasturlash tili bo‘lib, obyektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘proq ichki funksiyalar va kutubxonalardan foydalanish kabi qo‘shimcha imkoniyatlarni taklif etadi). |
Tashqi qo‘shimchalar va integratsiyalar | Mustaqil provayderlar tomonidan ishlab chiqilgan tashqi qo‘shimchalar, plaginlar va integratsiyalarning rivojlangan ekotizimiga ega. | Tashqi qo‘shimchalar va integratsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi, biroq bu boradagi tanlov MT4 platformasidagiga qaraganda cheklanganroq bo‘lishi mumkin. |
Bozor chuqurligi | MT4 platformasi muayyan vositaning talab va taklif dinamikasi haqida ma’lumot beruvchi ichki bozor chuqurligi funksiyalarini taklif qilmaydi. | "Стакан цен" / "Narxlar stakani" deb nomlanuvchi bozor chuqurligi funksiyasini o‘z ichiga oladi, u joriy talab va taklif narxlarini hamda har bir narx darajasida mavjud bo‘lgan hajmlarni ko‘rsatadi. |
MT4 va MT5 o‘rtasidagi tanlov har bir treyderning shaxsiy xohishlari, savdo strategiyalari va muayyan talablariga bog‘liq. Ko‘pgina MetaTrader foydalanuvchilari terminalning 4-versiyasini afzal ko‘radilar, chunki u tanishroq, vaqt sinovidan o‘tgan hamda u uchun ko‘p sonli qo‘shimchalar va modifikatsiyalar yaratilgan.
Siz terminalning har ikkala versiyasini yuklab olishingiz va qaysi biri sizning xohishlaringizga ko‘proq mos kelishini aniqlashingiz mumkin.
