К основному содержимому

Svap punktlari qanday hisoblanadi?

Umumiy ma’lumotlar

Har bir mamlakatning markaziy banki o‘zining asosiy foiz stavkasini belgilaydi. Bu stavkalar mamlakatlar kesimida farq qiladi va ular o‘rtasidagi tafovut ancha sezilarli bo‘lishi mumkin.

Banklararo kreditning eng qisqa muddati bir kunni tashkil etadi va banklar ushbu davr uchun siz qarzga olgan mablag‘lar miqdoriga foiz hisoblaydi.

Masalan, USD uchun foiz stavkasi JPY’ga qaraganda bir necha barobar yuqori. Shuning uchun, JPY evaziga USD sotib olganingizda, siz amalda yuqori foiz stavkasiga ega bo‘lgan valyutani (USD) qabul qilib, pastroq foiz stavkasiga ega bo‘lgan valyutani (JPY) berayotgan bo‘lasiz.

Bunday vaziyatda, siz USD/JPY parg‘asini sotib olganingizda, pozitsiya ochiq qolgan har bir kun uchun broker sizga foiz to‘laydi. Aksincha, agar siz USD/JPY parg‘asini sotsangiz, pozitsiya keyingi kunga o‘tkazilgan (roll-over qilingan) har bir kun uchun brokerga foiz to‘laysiz.

Markaziy banklar o‘zlarining asosiy foiz stavkalarini muntazam ravishda o‘zgartirib turishadi, shu sababli svap qiymatlari ham vaqti-vaqti bilan yangilanadi. Bu nafaqat valyutalarga, balki boshqa turdagi moliyaviy vositalarga (instrumentlarga) ham tegishlidir.


Hisoblashga misol

Aytaylik, sizda hajmi 0.5 lot bo‘lgan ochiq EUR/USD savdo pozitsiyasi mavjud.

0.5 lotni keyingi kunga o‘tkazganlik uchun svapni hisoblashda quyidagi formuladan foydalaning:

-0.082 (minimal lot hajmi uchun svap) * 0.5 (savdo hajmi) / 0.01 (minimal lot hajmi) = -4.1

Demak, 0.5 lot hajmidagi EUR/USD pozitsiyasini keyingi kunga o‘tkazganlik uchun svap miqdori -4.1 ni tashkil etadi.


MetaTrader’da muayyan vosita uchun svapni qanday tekshirish mumkin?

Iltimos, e’tibor bering: O‘zbek tili faqat MT5 terminalining ish stoli (desktop) talqinida mavjud. U MT5 mobil ilovasida hamda MT4 terminalining ish stoli va mobil talqinlarida ko‘zda tutilmagan. Shuning uchun, ruscha interfeysdan foydalanishni tavsiya etamiz.

Kompyuter

Terminalda moliyaviy vosita ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va "Спецификация" / "Spetsifikatsiya" bandini tanlang.

Mobil ilova

Moliyaviy vosita ustiga bosing va "Свойства" (Xususiyatlar) bandini tanlang.

Нашли ответ на свой вопрос?