Xuddi har qanday bank ayirboshlash shoxobchasida bo‘lgani kabi, bozorda ham doim 2 xil narx mavjud bo‘ladi:
1. Ask narxi bu aktivni sotib olish mumkin bo‘lgan narxdir.
2. Bid narxi bu aktivni sotish mumkin bo‘lgan narxdir.
Spred (Spread) bu Bid va Ask narxlari o‘rtasidagi farqdir.
Masalan, BTCUSD juftligida 2 xil narx mavjud:
Ask $68240, ya’ni sotib olish narxi.
Bid $68230, ya’ni sotish narxi.
Ushbu narxlar o‘rtasidagi farq spred hisoblanadi. Bu holatda spred $10 ni tashkil etadi (Ask narxi $68240 - Bid narxi $68230 = spred $10).
Spred belgilangan (fiksirlangan) qiymat emas va narxlar bilan birga doimiy ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Spred bitimingiz natijasiga u ochilgan ilk soniyalardanoq kiritiladi.
Grafikni yaratish uchun qaysi narx ishlatiladi va uning yo‘nalishini qanday o‘zgartirish mumkin?
Grafikni ko‘rsatishning ikki xil usuli mavjud: sotish narxi (Bid) bo‘yicha va sotib olish narxi (Ask) bo‘yicha. Siz terminalda grafikning ko‘rsatilish rejimini istalgan vaqtda o‘zgartirishingiz mumkin.
Kompyuter talqinida
Shaxsiy kompyuteringizda grafikning ko‘rsatilish rejimini o‘zgartirish uchun yo‘nalishni ko‘rsatuvchi strelka belgisidan (grafikning yuqori o‘ng burchagida) foydalaning va ochiladigan menyudan narxni ko‘rsatish turini tanlang.
Mobil ilovada
Mobil ilovada grafikning ko‘rsatilish rejimini o‘zgartirish uchun yo‘nalishni ko‘rsatuvchi strelka belgisidan (grafikning yuqori qismida) foydalaning va ochiladigan menyudan narxni ko‘rsatish turini tanlang.

Asosiy qoida
Chalkashliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ushbu qoidani eslab qoling:
Sotib olish bitimi (Buy Trade):
Ask narxida ochiladi
Bid narxida yopiladi
Sotish bitimi (Sell Trade):
Bid narxida ochiladi
Ask narxida yopiladi
Foydali maslahatlar
Bitim ochilgandan so‘ng, grafik avtomatik ravishda bitim yopiladigan narx rejimida ko‘rsatiladi. Masalan, agar siz Ask narxida sotib olish (Buy) bitimini ochgan bo‘lsangiz, grafik Bid narxi turida aks ettiriladi.
Ask narxi bo‘yicha har bir sotib olishning yakuni Bid narxi bo‘yicha sotish hisoblanadi. Sotib olish bitimidan chiqish narxi faqatgina Bid grafigi yordamida aniqlanishi kerak.
Bid narxi bo‘yicha har bir sotishning yakuni Ask narxi bo‘yicha sotib olish hisoblanadi. Sotish bitimidan chiqish narxi faqatgina Ask grafigi yordamida aniqlanishi kerak.



